So'nggi Yangiliklar

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyoti markazlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini to‘garaklarga jalb qilish maqsadida

873 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyoti markazlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini to‘garaklarga jalb qilish maqsadida

 

 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyoti markazlari tomonidan

Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini

to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha

MA’LUMOT

       Voyaga etmaganlar ishlar bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi sayyor majlisining 2017 yil 26 iyuldagi 2-sonli bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi asosida Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil  16 yanvardagi 02-01/3-3-3-270-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi tomonidan Shayxontoxur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha joriy yilning fevral oyida “Targ‘ibot oyligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.

      Xususan 2018 yilning 1 fevral kuni reja jadval asosida “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy yijodiyot markazning “Munchoqli bezak” (to‘garagi raxbari N.Baymetova) to‘garagini “O‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi” metodisti N.Pulatova,  hamda “Monitoring va ommaviy tadbirlarni tashkil etish” guruhining ommaviy tadbirlar tashkilotchisi F.Urunovlar 10-sonli hamda 13-sonli umumta’lim maktablarida to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.                                      

       Maktab o‘quvchilariga “Munchoqli bezak” to‘garagi raxbari “Gul yaproqlarini munchoqlardan yasash” mavzusida maxorat mashhulotlari tashkil etildi. Mahorat mashg‘ulotida maktabning 5-A, 5-B, 6-A, 6-B, 7-A hamda 7-B sinf o‘quvchilari ishtirok etib katta qiziqish bildirdilar, ularga markaz haqida ma’lumot berib o‘tildi.

  

O‘quvchilarni ijodiy kamol

toptirish guruhi metodisti                                   N.Pulatova

- - -