Tadbir va tanlovlar

“To‘qish” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

438 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“To‘qish” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

 

 

 

Markazda faoliyat yuritayotgan “To‘qish” to‘garagida

o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

      “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining to‘garak rahbarlariga 2017-2018 o‘quv yil uchun rejalashtirilgan ochiq mashg‘ulotlar jadvali asosida joriy yilning 10 yanvar kuni “To‘qish” to‘garagi (M.Yunusoova)da “Salfetka to‘qish” mavzusida noan’anaviy tarzda ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

        Mashg‘ulotda 12 nafar to‘garak a’zosi ishtirok etdi.

      “To‘qish” to‘garagi faoliyatidagi yutuqlarni, ilg‘or ish tajribasini markazda faoliyat yuritayotgan to‘garak rahbarlari hamda pedagog xodimlar uchun namuna tarzida noana’naviy ochiq mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot davomida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanildi, mavzuga oid ko‘rgazmali qurollardan foydalanib, o‘quvchilarga keng yorqin misollar yordamida mavzuni tushuntirib ko‘nikma hosil qila oldi.

       Mashg‘ulot davomida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi, o‘quvchilarni to‘garakka qiziqtira olishi, passiv o‘quvchilar bilan alohida-alohida ishlay olishi to‘garak a’zolari uchun o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirishni yanada osonlashtirdi.

       Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarga salfetka to‘qish texnologiyasi amaliy va nazariy tarzda tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida to‘garak a’zolari mustaqil ravishda salfetka to‘qishni o‘rganib oldilar. O‘quvchilar o‘rtasida mashg‘ulot jarayonida qiziqarli shartlar: “kim chaqqon”, “eng yaxshi ish” kabi tezkor o‘yinlar o‘tkazildi.

Ochiq mashg‘ulotni markaz xodimlari va o‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi uslubchilari tomonidan tahlil qilib borildi. Mashg‘ulotning yutuq   va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi.

 

 

 

 

O‘quvchilarni ijodiy kamol

toptirish guruhi uslubchisi                                                                   H.Atajonova

- - -