So'nggi Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri

626 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

Islom Abdug‘anievich Karimovning tavalludining

80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri to‘g‘risida

 

       Joriy yilning 30 yanvar kuni Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilgan, g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirgan vatanimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavallud topgan kunining 80 yilligiga bag‘ishlab markazda xotira tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

       Xotira tadbirda ishtirok etgan markazimiz to‘garak a’zolariga Islom Abdug‘anievich Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari, yurtimizni mustaqillikga erishgandan so‘ng bosib o‘tgan zaxmatli yo‘lida xizmatlari beqiyosligi, u nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilganligi kabi bir qancha ma’lumotlarni video rolik va sahna ko‘rinishida namoyish etildi.

       Ushbu xotira tadbirida pedagog hodimlar, ota-onalar hamda markazning “Munchoqli bezak”, “Bichish-tikish”, “Liboslar dizayni”, “Karving” hamda “Zamin” to‘garaklaridan jami 75 nafari o`quvchilar qamrab olindi.

       Shuningdek, markazning axborot resurs markazida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning asarlaridan  kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi hamda markaz pedagogik jamoasi va ota-onalar, to‘garak a’zolari e’tiboriga havola etildi.

 

Monitoring bo‘yicha

mutaxassis                                                                                 A.Begmatov

 

  Yuklab olish