So'nggi Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag‘ishlab to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan davra suhbati

593 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag‘ishlab to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan davra suhbati

 

 

 

Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kuniga bag‘ishlab

to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan davra suhbati (viktorina)

haqida ma’lumot

 

     Zahriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgan.

     Anashunday tarixiy shaxs, davlat arbobining hayot yo‘li haqida joriy yilning 14 fevral kuni markazimizning bir nechta to‘grak a’zolari o‘rtasida davra suhbati viktorina ko‘rinishida tashkil etildi.

     Mazkur viktorinada markazda faoliyat yuritayotgan “To‘qish”, “Zamin”drama teatri, “Yosh musavvir”, “Liboslar dizayni” to‘garaklaridan 25 ga yaqin to‘garak a’zolari hamda markazga tashrif buyurgan ota-onalar ishtirok etdilar.

     Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan viktorinada  ishtirokchilar Boburning hayoti, faoliyati, shoh asarlari hamda ruboiylaridan aytgan holda bilimlarini boshqa tengdoshlariga ham namoyish etishdi.

     Shu bilan bir qatorda markaz tomonidan tayyorlangan ma’ruzada Boburning umri davomida yozgan shoh asari “Boburnoma”ning o‘ziga xos xususiyatlari xususida ishtirokchilarga ma’luotlar berib o‘tildi.

     Bundan tashqari 14 fevral kuni markazning axborot-resurs markazida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatlariga oid asarlardan iborat burchak tashkil etildi.

     Ushbu viktorinada faol qatnashgan hamda berilgan savollarga to‘liq javob bergan ishtirokchilarga markazimiz tomonidan sovg‘a sifatida kitoblar taqdim etildi.

 

Monitoring bo‘yicha

mutaxassis                                                                      A.Begmatov 

  Yuklab olish