Tadbir va tanlovlar

“Qo‘g‘irchoqlarning yasalish tarixi” mavzusida o‘tkazilgan  tadbir

281 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Qo‘g‘irchoqlarning yasalish tarixi” mavzusida o‘tkazilgan tadbir

 

 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida 

“Qo‘g‘irchoqlarning yasalish tarixi” mavzusida o‘tkazilgan  tadbir

MA’LUMOTI

 

To‘garak a’zolarining yozgi ta’til kunlarini unumli, maroqli o‘tkazish, ularning bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish, o‘quvchi-yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ularning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, foydali dam olishlarini tashkil etish, bolalar qalbida yaxshilik, ezgulik, vatanparvarlik kabi xislatlarni shakllantirish maqsadida 2018 yil 10 avgust kuni markazda “Qo‘g‘irchoq yasash” to‘garagi a’zolari bilan birgalikda “Qo‘g‘irchoqlarning yasalish tarixi“ mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 20 nafar to‘garak a’zosi, ota-onalar va 8 nafar uslubchi va xodimlar ishtirok etishdi.

 Tadbir davomida to‘garak a’zolari belgilangan shartlar yuzasidan o‘zaro bellashdilar. Qatnashchilarga qo‘g‘irchoqlarning yasalish tarixi, milliy va an’anaviy liboslar bilan bezatilishi yuzasidan qo‘shimcha , qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Ushbu tadbir mavzusi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

 Bilimlarini mustahkamlash maqsadida tezkor savol-javoblar, qiziqarli mozaikalarni  to‘ldirish va   belgilangan vaqt oralig‘ida milliy qo‘g‘irchoqlar tikish kabi qo‘shimcha shartlar belgilandi.

Mazkur tadbirda markazning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shomansurova N.B, axborot resurs markazi mutaxassislari Z.Qodirova, F.Valieva , madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi A.Akbarov va  uslubchilar H.Atajanova , G.Qurbonova, N. Po‘latova , F.Chorievalar ishtirok etishdi.

 

     Tadbir so‘nggida to‘garak a’zolari markazning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

Monitoring mutaxassisi                                      S.Djumaeva

 

- - -