Tadbir va tanlovlar

“Ingliz tili” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

301 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Ingliz tili” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

 

 

 

Markazda faoliyat yuritayotgan “Ingliz tili”

to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

MA’LUMOT

      “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining to‘garak rahbarlariga 2017-2018 o‘quv yil uchun rejalashtirilgan ochiq mashg‘ulotlar jadvali asosida joriy yilning 5 yanvar kuni “Ingliz tili” to‘garagi (N.Sayidolimova)da “dan-gacha” mavzusida noan’anaviy tarzda ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

      Mashg‘ulotda 12 nafar to‘garak a’zosi ishtirok etdi.

      “Ingliz tili” to‘garagi faoliyatidagi yutuqlarni, ilg‘or ish tajribasini markazda faoliyat yuritayotgan to‘garak rahbarlari hamda pedagog xodimlar uchun namuna tarzida noana’naviy ochiq mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot davomida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi, mavzuga oid ko‘rgazmali qurollardan foydalanib, o‘quvchilarga keng yorqin misollar yordamida mavzuni tushintirib ko‘nikma hosil qilaoldi.

Mashg‘ulot davomida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi, o‘quvchilarni to‘garakka qiziqtira olishi, passiv o‘quvchilar bilan alohida-alohida ishlay olishi to‘garak a’zolari uchun o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirishni yanada osonlashtirdi.

Ochiq mashg‘ulotni markazning O‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi uslubchilari G.Qurbonova, YU.SHomurodova vaE.Sattorovlar tomonidan tahlil qilib borildi. Mashg‘ulotning yutuqlari va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi.

 

 O‘quvchilarni ijodiy kamol

toptirish guruhi uslubchisi                                                                   G.Qurbonova

- - -