Tadbir va tanlovlar

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri

173 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri

 

 

Mustaqilligimizning 26 yilligi hamda 2017-2018 yangi o‘quv yilining

boshlanishi munosabati bilan markazda

“Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish

bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida

MA’LUMOT

   O‘quvchilarni ma’naviy boyligini oshirib, ular uchun kerakli bo‘lgan kasb-hunarga yo‘naltirish, tarixiy an’analarimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib boshlang‘ich kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, markazning joriy yilga mo‘ljallangan ish rejasida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida markazda 14 sentyabrda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur tadbirda “Duradgorlik”, “Yosh musavvir”, “To‘qish”, “Bichish-tikish”, “Munchoqli bezak”, “Liboslar dizayni”, “Karving san’ati”, “Kulolchilik”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Do‘ppido‘zlik” hamda “Yosh qandolatchi” to‘garaklari a’zolari ishtirok etishdi va o‘zlarining ijod namunalarini mahorat darslari (master klass) orqali markazga kelgan ota-onalar va mehmonlarga namoyish etdi.

    Tadbir davomida “Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston” shiori ostida o‘quvchi-yoshlarga, Xalq ta’lim vazirligining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tiladigan “Mustaqillik darslari”da foydalanish uchun deb nomlangan tavsiyasi slayd ko‘rinishida namoyish etildi.

    Mazkur slaydda mustaqillik davrida erishilgan har sohadagi yutuqlar, bugungi kunda yoshlarga bo‘lgan e’tibor ularning vatanimiz oldidagi burchi va vazifalari, Mustaqil O‘zbekistonimizning o‘tmishi va bugungi kungacha bosib o‘tgan tarixiy yo‘li kabi bir qancha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib o‘quvchi-yoshlar o‘zlari uchun zaruriy ma’lumotlarni olishdi.

 Madaniy-ommaviy

tadbirlar tashkilotchisi                                                                      F.Urunov

  Yuklab olish