Tadbir va tanlovlar

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida bolalar bayram tadbiri

230 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida bolalar bayram tadbiri

 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida

bolalar bayram tadbiri o‘tkazildi.

 

    Davlat mustaqilligining 26 yilligini munosib nishonlash va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish konsepsiyasi”ni yakunlash maqsadida “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida 2017 yil 15 avgust kuni “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida bolalar uchun musiqali bayram dasturi namoyish etildi. 

        Unda markaz to‘garak a’zolari yoz mavsumi davomida tayyorlagan va egallagan ko‘nikmalariga muvofiq ijodiy chiqishlar namoyish etishdi.

        Tadbirda yoz mavsumi davomida faol ishtirok etgan to‘garak rahbarlari va faol ota-onalar markazning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

       Yoz mavsumi davomida mazkur Konsepsiyasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarga jami 4 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar va 500 dan oshiq ota-oanlar jalb qilindi.

  Yuklab olish