Tadbir va tanlovlar

“Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori  ostida o‘tkazilgan sport musobaqasi

261 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori ostida o‘tkazilgan sport musobaqasi

 

Markaz to‘garak a’zolari o‘rtasida “Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori
ostida o‘tkazilgan sport musobaqa
si to‘g‘risida

ma’lumot

 

     Sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish orqali markazimizda tahsil olayotgan to‘garak a’zolari o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ularda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, milliy o‘yinlarimizni musobaqa tarzida tashkil etish va g‘oliblarni aniqlash, ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek markazning 2017 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25 iyul kuni markaz to‘garak a’zolari o‘rtasida “Sog‘ tanda sog‘lom aql” shiori ostida sport musoboqasi o‘tkazildi.

     Mazkur musobaqa nizom talablari asosida 3 ta yo‘nalishda darts, stol tennisi hamda shaxmat yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Jumladan:

  1. Shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Abduraximov Botir (Shaxmat to‘garak a’zosi), 2-o‘rinni Zufarov Nurmuxammad (Shaxmat to‘garak a’zosi), 3-o‘rinni Jabborov Saida’lolar (Shaxmat to‘garak a’zosi) g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar;  
  1. Darts yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Axmatjonov Abdullox (Yog‘och o‘ymakorligi to‘garak a’zosi), 2-o‘rinni Muxtorxujaev Muxammadnur (Yog‘och o‘ymakorligi to‘garak a’zosi), hamda 3-o‘rinni Axmatjonov Baxtiyorlar (Yog‘och o‘ymakorligi to‘garak a’zosi) g‘olib dep topildi; 
  1. Stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni Asatullaev Axadulla (Shaxmat to‘garak a’zosi), 2-o‘rinni Maxammadjonov Fozil (Yog‘och uymakorligi to‘garak a’zosi), 3-o‘rinni Mirumidov Ikromlar (Yog‘och uymakorligi to‘garak a’zosi) g‘oliblikni qo‘lga kiritib markazning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

      Musoboqada markazning “Shaxmat”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “Zargarlik” “Munchoqli bezak”, “Liboslar dizayni”, “Karving”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “To‘qish”, “Bichish-tikish”, “Tasviriy san’at”, “Durodgorlik” to‘garagi a’zolaridan iborat jami 102 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Sport musoboqasiga oid barcha ma’lumotlar markazning rasmiy veb-saytida batafsil yoritildi.

 

Monitoring bo‘yicha

mutaxassis                                                                       A.Begmatov

 

 

- - -