Tadbir va tanlovlar

“Zamin” drama to‘garagi a’zolarining xalqaro festivaldagi ishtiroki xaqida

404 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Zamin” drama to‘garagi a’zolarining xalqaro festivaldagi ishtiroki xaqida

 

 

“Barkamol avlod”respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining

“Zamin” drama to‘garagi a’zolarining xalqaro festivaldagi ishtiroki

xaqida ma’lumot

 

Markazning “Zamin” drama to‘garagi a’zolari (to‘garak rahbari K.Xasanov) 2017 yil  12-16 iyul kunlari Turkiya davlatining Kappadokiya shaxrida bo‘lib o‘tgan “YESAK” IV xalqaro musiqa va raqs fevstivalida ishtirok etib qaytdi.

Besh kun davom etgan festivalda, O‘zbekistonlik ishtirokchilar o‘z chiqishlari bilan o‘n sakkizdan ortiq mamlakatlar orasida ishtirokchilar hamda hakamlarni iliq taassurot qoldirdilar hamda sovrinli o‘rinlarni egallab, Vatanimiz bayrog‘ini yanada yuqori ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldilar.

Mazkur festivalda O‘zbekiston, Turkiya, Qozoqiston, Gruziya, Ozorbayjon, Bolgariya va boshqa mamlakatlar ishtirok etdilar. Festivalda o‘zbek xalqining  milliy qo‘shiqlari, o‘lanu laparlari, milliy raqslari ishtirokchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Ayniqsa, “Zamin” drama to‘garagining yosh ishtirokchisi Azizjon Muxammadumarov tomonidan maxorat bilan kuylangan “Mustaxzot” qo‘shig‘ini tinglagan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Festival yakunida “Zamin” drama to‘garagining barcha ishtirokchilari diplom bilan taqdirlanib, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xitoy xalq respublikasida bo‘lib o‘tadigan V xalqaro musiqa va raqs festivalida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. Ishtirokchilar mamlakatga yorug‘ yuz bilan juda katta taasurotlarda qaytdilar.

- - -