Tadbir va tanlovlar

“Bola kulgusi olamni yashnatar” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi

263 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

“Bola kulgusi olamni yashnatar” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi

 

 

Markazda bo‘lib o‘tgan “Bola kulgusi olamni yashnatar” mavzusida

ijodiy ishlar ko‘rgazmasi to‘g‘risida ma’lumot

 

     O‘quvchi-yoshlarning yuksak insoniy fazilatlarini kamol toptirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, tashabbuskor va ijodkor o‘quvchi-yoshlarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish hamda markaz to‘garaklarida maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim-tarbiya olayotgan kam ta’minlangan oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazda joriy yilning  25 iyul kuni “Bola kulgusi olamni yashnatar” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

     Mazkur ko‘rgazmada markazning “Shaxmat”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “Zargarlik” “Munchoqli bezak”, “Liboslar dizayni”, “Karving”, “Yog‘och o‘ymakorligi”, “To‘qish”, “Bichish-tikish”, “Tasviriy san’at”, “Durodgorlik” to‘garagi a’zolaridan iborat jami 35 nafar o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdi.

      Mazkur ko‘rgazmada o‘quvchi-yoshlar o‘zlari yaratgan ijodiy ishlarini (sifati, dizayni, uni yaratishda ishlatilgan xom-ashyolar) to‘g‘risida ma’lumot berdi va mahorat darslari ko‘rinishda namoyish etdilar.

O‘quvchi-yoshlarning ijodiy ishlari, ko‘rgazmada qatnashgan barcha ota-onalar va tadbir mehmonlari o‘rtasida yuqori baholandi.

      Ko‘rgazmada asosan kam ta’minlangan oila farzandlari ishtirok etgan bo‘lib, markaz tomonidan barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Bo‘lib o‘tgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasiga oid barcha ma’lumotlar markazning rasmiy veb-saytida batafsil yoritildi.

 

Monitoring bo‘yicha

mutaxassis                                                             A.Begmatov

  Yuklab olish