Tadbir va tanlovlar

2228 Ko'rilgan Tadbir va tanlovlar

"Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida

 

 

"Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida

Yoz Konsepsiyasi ijrosi

               27.06.2017 yil                                                                               Toshkent sh.

 

    "Barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida joriy yilning 27 iyun kuni oromgohlarga jalb qilinmagan bolalar uchun “O‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish Konsepsiyasi” doirasida to‘garak mashg‘ulotlari va ijodiy ishlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

       Jumladan, ertalab soat 7:30dan 8:00 ga qadar vazirlik tomonidan tavsiya etilgan chorlov musiqalari yangradi. O‘quvchilar va ularning ota-onalari markazga musiqa sadolari ostida kutib olindi.

       So‘ngra soat 8:00dan 11:30ga qadar “Muncholi bezak”, “Tasviriy san’at” to‘garaklari mashg‘ulotlari tashkil etildi.

       Shuningdek, bolalar va ota-onalar o‘rtasida sport yo‘nalishida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha mashg‘ulotlar ham qo‘shimcha ravishda tashkil etildi.

       Soat 11:30dan 12:00ga qadar Markaz foyesida bolalar tomonidan yasalgan ijodiy ishlar namunalaridan ko‘rgazma namoyish etildi.

       Ushbu tadbirlarga 150 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar va 45 nafarga yaqin ota-onalar qamrab olindi.

- - -