Bolalar folklori

Ustoz otangdan ulug' (ibratli hikoya)

2884 Ko'rilgan Bolalar folklori

Ustoz otangdan ulug' (ibratli hikoya)

Sa'diy Sheroziy zamonida bir boyvachcha mantiq ilmidan saboq olish uchun bir olimga shogird tushibdi.

Bir necha yil o'qish-o'rganishdan so'ng mustaqil ish yuritish fotixasini olish niyyatida dasturxon tuzab, ustozi bilan bir necha kishini chorlabdi. Mehmonlar orasida Shayx Sa'diy ham hozir ekan. Boyvachcha xech kimga so'z bermay o'z otasi va ustozini bir mavqega qo'yib: -Mening ikki otam bor, mana shu ikki otam meni shu darajaga yetkazishdi, biri tuqqan otam, ikkinchisi ustozim falonchi, - deb mahmadonalik qilavergan ekan, Shayx Sa'diy o'ziga xos xazilkashlik bilan debdi: - Ustozni ,,otam, otam" degan bilan ish bitmaydi - bu go'yo onangni ustozga benikoh bergandek bo'ladi. Aslida ustoz otadan ulug'.

Zero otang seni osmondan yerga olib tushgan bo'lsa, ustoz seni qaro tuproqdan osmon avjiga ko'taradi. - - - Maqola www.aql.uz saytidan olindi,

- - -