So'nggi Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi o‘quv-seminar to‘g‘risida

139 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi o‘quv-seminar to‘g‘risida

 

 

 

 

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Barkamol avlod” bolalar markazlarida axborot-resurs markazlari

faoliyatini tashkil etishning samarali usullari” mavzusida o‘quv-seminar to‘g‘risida

ma’lumot

 

     “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘quvchi-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularga kasb-hunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni m’naviy etuk, ma’nan sog‘lom bo‘lib etishishlarida markazlardagi axborot-resurs markazlari mutaxassislarining ham o‘rni beqiyosdir. Axborot-resurs markazlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning kutubxona ishida yuritiladigan hujjatlarini tartibga solish, hujjatlar bilan tanishtirish va ularni yuritishda qanday me’yorlarga amal qilishi kerakligi bo‘yicha 2018 yil 30 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida “Barkamol avlod” bolalar markazida “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini rivojlantirish yo‘llari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

     O‘quv-seminarda viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlaridan 15 nafar axborot-resurs markazilari mutaxassislari, Surxondaryo viloyati, Termiz shahar axborot-resurs markazi mutaxassislari qatnashdi.

     Seminarda “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi direktori D.Ermatov so‘zga chiqib “Barkamol avlod” bolalar markazlarida axborot-resurs markazlarining me’yoriy hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida ishtirokchilarga tushuntirib o‘tdi.

     Shuningdek Axborot-resurs markazlari mutaxassislari uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanma orqali, yuritilishi shart bo‘lgan 5 ta asosiy daftarlarni yuritilishi, to‘ldirish va necha yil saqlanishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berdi.

     Har bir daftarni yuritish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rgazmali slaydlar orqali ishtirokchilar to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

     Bundan tashqari “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi o‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi uslubchisi D.Murodov kitoblarni qay tartibda raqamlash ularning ichki tomonidagi indeksi va mualliflik belgilarining qo‘yilish tartibi ko‘rsatib o‘tdi.

     Seminar ishtirokchilari olgan bilimlarini mustahkamlab olishlari va bilimlarini tekshirish maqsadida ularga berilgan kitoblarni mustaqil ravishda inventarizatsiya qilish topshirig‘ini bajardilar, direktor tomonidan savollar berilib, ishtirokchilar savollarga javob berdilar. Kamchiliklari yuzasidan ularga ko‘rsatmalar berildi.

     O‘quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga axborot-resurs markazlarida yuritilshi lozim bo‘lgan 5 ta hujjat va “Barkamol avlod” bolalar markazining axborot-resurs markazi mutaxassislari uchun uslubiy qo‘llanma reestr asosida tarqatildi.

     Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq va aniq javoblar oldilar.

  

 

- - -