So'nggi Yangiliklar

Axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari mavzusida seminar-trening

470 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

Axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari mavzusida seminar-trening

 

 

 

“Barkamol ” avlod Respublika bolalar  markazlarida

axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari

mavzusida seminar-trening o‘tganligi bo‘yicha ma’lumot

     “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘quvchi-yoshlarni  har tamonlama qo‘llab-quvvatlash ularga kasb-xunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni mana’viy etuk, ma’nan sog‘lom bo‘lib etishishlarida markazlardagi axborot resurs markazlari mutaxassislarining ham o‘rni beqiyosdir. Axborot resurs markazlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning kutubxona ishida yuritiladigan xujjatlarini tartibga solish, xujjatlar bilan tanishtirish va ularni yuritishda qanday me’yorlarga amal qilshi kerakli bo‘yicha 2018 yil 9 fevral kuni “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida Toshkent shaxar va Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan axborot resurs markazi mutaxassislari uchun  “Barkamol ” avlod Respublika bolalar  markazlarida axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari mavzusida seminar- trening tashkil etildi.

     Seminar-treningda Toshkent shaxar, Toshkent viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazlaridan 26 nafar axborot resurs markazilari mutaxassislari, “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi axborot resurs markazi mutaxassisi Z.Qodirova, axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi F.Valieva, markaz xodimlari uslubchilari hamda monitoring mutaxassislari, tadbirlar tashkilotchilari  ishtirok etdilar.

     Seminar-treningda “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi direktori D.Ermatov “Barkamol avlod” bolalar markazlarida axborot resurs markazlarining me’yoriy xujjatlarini yuritish tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Axborot resurs markazlari mutaxassislari uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanma orqali, yuritilishi shart bo‘lgan 5 ta asosiy daftarlarni yuritilishi, to‘ldirish va necha yil saqlanishi bo‘yicha to‘liq tushuntirib berdi. Har bir daftarni yuritish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rgazmali slaydlar orqali ishtirokchilar to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

     Kitoblarni qay tartibda raqamlash ularning ichki tomonidagi indeksi va mulliflik belgilarining qo‘yilish tartibi ko‘rsatib o‘tildi. Seminar ishtirokchilari olgan bilimlarini mustaxkamlab olishlari va bilimlarini tekshirish maqsadida ularga berilgan kitoblarni mustaqil ravishda inventarizatsiya qilish topshirig‘ini bajardilar. Olgan bilimlarini sinash maqsadida direktor tomonidan savollar berilib, ishtirokchilar savollarga  javob berdilar. Kamchiliklari yuzasidan ularga ko‘rsatmalar berildi.

     Ikkinchi masala yuzasidan axborot resurs markazi mutaxassisi Z.Qodirova axborot resurs markazida amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar  bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tdi. Respublika tashkilotlaridan kelgan barcha mutaxassislarga axborot resurs markazlarida yuritilshi lozim bo‘lgan 5 ta xujjat reestr asosida tarqatildi.

     Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga markazimiz direktori tomonidan to‘liq va aniq javoblar oldilar.

 

Tuzuvchi                                                                    Z.Qodirova

  Yuklab olish