So'nggi Yangiliklar

“Barkamol ” avlod Respublika bolalar  markazlarida axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari

542 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

“Barkamol ” avlod Respublika bolalar markazlarida axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari

 

 

 

“Barkamol ” avlod Respublika bolalar  markazlarida

axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari

mavzusida seminar-trening o‘tganligi bo‘yicha ma’lumot

 

      “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘quvchi-yoshlarni  har tamonlama qo‘llab-quvvatlash ularga kasb-hunar sirlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, ularni ma’naviy etuk, ma’nan sog‘lom bo‘lib etishishlarida axborot resurs markazlari mutaxassislarining ham o‘rni beqiyosdir. Axborot resurs markazlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning kutubxona ishida yuritiladigan xujjatlarini tartibga solish, xujjatlar bilan tanishtirish va ularni yuritishda qanday me’yorlarga amal qilshi kerakli bo‘yicha 2018 yil 30 yanvar kuni “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida 3 ta respublika  tashkilotlari axborot resurs markazi mutaxassislari uchun  “Barkamol ” avlod Respublika bolalar  markazlarida axbort-resurs markazlari faoliyatini tashkil etishning samarali usullari mavzusida seminar trening tashkil etildi.

      Seminar-treningda “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi axborot resurs markazi mutaxassisi M.Azimova,  “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o‘lkashunoslik  markazi axborot resurs markazi mutaxassisi M.Xaitova, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassisi Z.Qodirova, axborot kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi F.Valieva, markaz xodimlari uslubchilar,  monitoring bo‘yicha mutaxassislari, ma’daniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilari  ishtirok etdilar.

      Seminar-treningda “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi direktori D.Ermatov “Barkamol avlod”  bolalar markazlarida axborot resurs markazlarining me’yoriy xujjatlarini yuritish tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Axborot resurs markazlari mutaxassislari uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanma orqali, yuritilishi shart bo‘lgan 5 ta asosiy daftarlarni yuritilishi va necha yil saqlanishi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berdi.

     Kitoblarni qay tartibda raqamlash ularning ichki tomonidagi indeksi va mualliflik belgilarining qo‘yilish tartibi ko‘rsatib o‘tildi. Seminar ishtirokchilari olgan bilimlarini mustahkamlab olishlari va bilimlarini tekshirish maqsadida ularga berilgan kitoblarni mustaqil ravishda inventarizatsiya qilish topshirig‘ini bajardilar. Kamchiliklari yuzasidan ularga ko‘rsatmalar berildi.

       Ikkinchi masala yuzasidan axborot resurs markazi mutaxassisi Z.Qodirova axborot resurs markazida amalga oshirilgan ishlar, o‘tkazilgan tadbirlar  bo‘yicha ishtirokchilarga ma’lumot berib o‘tdi.

       Respublika tashkilotlaridan kelgan mutaxassislarga axborot resurs markazlarida yuritilshi lozim bo‘lgan 5 ta hujjat reestr asosida tarqatildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga markaz direktori tomonidan to‘liq va aniq javob oldilar.

 

Axborot resurs markazi mutaxassisi                                                           Z.Qodirova

- - -