So'nggi Yangiliklar

“Bichish-tikish” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot

265 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

“Bichish-tikish” to‘garagida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot

 

 

Markazda faoliyat yuritayotgan “Bichish-tikish” to‘garagida o‘tkazilgan

ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

     “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining to‘garak rahbarlariga 2017-2018 o‘quv yil uchun rejalashtirilgan ochiq mashg‘ulotlar jadvali asosida joriy yilning 24 oktyabr kuni “Bichish-tikish” to‘garagi (D.Usmonova)da “Bolalar so‘lakcha va qalpoqcha andozasini chizish, bichish va tikish” mavzusida noan’anaviy tarzda ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

       Mashg‘ulotda 12 nafar to‘garak a’zosi ishtirok etdi.

      “Bichish-tikish” to‘garagi faoliyatidagi yutuqlarni, ilg‘or ish tajribasini markazda faoliyat yuritayotgan to‘garak rahbarlari hamda pedagog xodimlar uchun namuna tarzida noana’naviy ochiq mashg‘uloti o‘tkazildi. Ochiq mashg‘ulot davomida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandi, mavzuga oid ko‘rgazmali qurollardan foydalanib, o‘quvchilarga keng yorqin misollar yordamida mavzuni tushintirib ko‘nikma hosil qila oldi.

     Mashg‘ulot davomida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi, o‘quvchilarni to‘garakka qiziqtira olishi, passiv o‘quvchilar bilan alohida-alohida ishlay olishi to‘garak a’zolari uchun o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirishni yanada osonlashtirdi.

     Mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarga so‘lakcha va qalpoqcha andozasini chizish mavzusiga oid buyumlarni tikish va bichish usullari mukammal tushuntirildi. O‘quvchilar ichidan tez, sifatli gul bezatish usulini tanlab olish kerakligi o‘quvchilarga tushintirib o‘tilganligi, to‘garak rahbarining o‘z kasbini juda yaxshi bilishidan dalolat berib turibdi. Mashg‘ulot davomida to‘garak a’zolari mustaqil holda so‘lakcha va qalpoqcha andozasini chizishni va tikishni mukammal egallashga harakat qildilar. O‘quvchilar uchun qulay tartibda, ularning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda dam oldirish maqsadida, qiziqarli o‘yinlar asosida jalb qilindilar.

      Ochiq mashg‘ulotni markazning O‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi uslubchilari N.Po‘latova, F.Chorievalar tomonidan tahlil qilib borildi. Mashg‘ulotning yutuqlari va kamchiliklari ko‘rsatib o‘tildi.

  

O‘quvchilarni ijodiy kamol

toptirish guruhi uslubchisi                                                                   N.Po‘latova

- - -