So'nggi Yangiliklar

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish

307 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

“Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish

 

 

Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish:

muammo va echimlar” hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari

tomonidan tashkil etiladigan madaniy ommaviy tadbirlar samaradorligini

oshirish omillari” mavzularida hududiy seminar-trening haqida

 MA’LUMOT

 

        O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va badiiy қobiliyatlarini rivojlantirish, maktabdan tashқari ta’lim tizimiga  ilg‘or pedagogik usullardan foydalangan holda ta’lim-tarbiya berishni  yangi shakllarini keng joriy etish, metodik xizmat sifatini oshirish hamda Xalq ta’limi vazirligining 2017 yilga mo’ljallangan ish rejasining ijrosini hamda vazirlikning 2017 yil 6 iyundagi 03-03/01-5-3638-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida joriy yilning 28 iyul kuni seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

        Ushbu seminar-treningda Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlaridan jami 137 nafar direktorlar va uslubchilar ishtirok etishdi.

       Seminar-trening ishtirokchilarini markazda kutib olib, markaz to‘garak a’zolarining ijodiy chiqishlaridan namunalar namoyish etildi. So‘ngra “To‘qish”, “Munchoqli bezak”, “Mohir qo‘llar” to‘garagining origami yo‘nalishida to‘garak rahbarlariningn ishtirokchilarga mahorat darslari o‘tkazildi.

      Shundan so‘ng seminar trening sho‘’balarga  bo‘lingan holda o‘z ishini boshladi. 1-sho‘’bada “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari ishtirok etdilar. Seminarda markaz rahbarlariga 2017-2018 o‘quv yilidagi vazifalar hamda amalga oshiriladigan ishlar belgilab berildi.

        2-sho‘’bada “Barkamol avlod” bolalar markazlari uslubchilari ishtirok etdilar. Seminar treningda “Barkamol avlod” bolalar markazlari uslubchilari uchun “Barkamol avlod” bolalar markazlarida metodik xizmat sifatini oshirish; muammo va echimlar: mavzusida “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi uslubchisi D.Murodov so‘zga chiqib, uslubchilar tomonidan ishlab chiқilgan uslubiy қo’llanma va tavsiyalarning samaradorligi taҳlili,  uslubchilar tomonidan yangi o‘quv yilida o‘zlarining oldiga ta’lim samradorligini oshirish bo‘yicha vazifalarning belgilab olinishi hamda markaz uslubchilari tomonidan markazlarda yillik harakatli seminarlar tashkil etilishi, to‘garaklarga o‘quvchilarning qamrovini oshirishi to‘g‘risidagi vazifalar belgilab berildi.

        Seminar-trening “Uzbekistan 24”, “Yoshlar”, “Mening yurtim” telekanallarida hamda “Marifat” gazetasida keng yoritildi.

  

O‘quvchilarni ijoiy kamol

        toptirish guruhi uslubchisi                                                     D.Murodov

  Yuklab olish