So'nggi Yangiliklar

“Orasta qizlar” bellashuvi

2340 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

“Orasta qizlar” bellashuvi

 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida

o‘tkazilgan “Orasta qizlar” bellashuvi  haqida

MALUMOTNOMA

 

           Markazimizda joriy yilning 5 iyun kuni o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda qizlarimizni yangi hayotga tayyorlash maqsadida markazimizda faoliyat yuritayotgan “Bichish-tikish”, “Yosh o‘lkashunos”, “Liboslar dizayni”  hamda  “To‘qish” to‘garagi  a’zolari o‘rtasida “Orasta qizlar” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda Usmanova D, Yusupova Sh, Akbarova N va Alimjanova N rahbarligidagi to‘garak a’zolari ishtirok etishdi. Mazkur bellashuvda Ziyodullaeva Nodira, Abdullaeva Robiya,Tursunova Laylo hamda Xaydarova Shaxrizodalar o‘zaro bellashdilar. Bellashuvning xakamlar hay’ati sifatida Markazning O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Shomansurova, markaz Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mamatova Sanoatopa hamda O‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi metodisti X.Atajonovalar tasdiqlandi.     

         Tadbirni markaz direktori D.Ermatov ochib berdi. 

        Ushbu bellashuvda qizlar quyidagi shartlar bo‘yicha bellashdilar:

  1. Tanishtiruv;
  2. Pazandachilik;
  3. Ijodiy ish (amaliy);
  4. Sheriyat yo‘nalishi;
  5. Musiqiy jumboq yo‘nalishi

         Bellashuv davomida qizlarimiz bir-biridan qiziq shartlarda o‘zlarini bor mahorat, qobiliyat hamda bilimlarini namoyon etishdi. “Orasta qizlar” nomli bellashuvda faxrliy 1-o‘rinni Abdullaeva Robiya, 2-o‘rinni Tursunova Laylo, 3-o‘rinni Ziyodullaeva Nodiralar egallashdi. Eng yosh ishtiroki uchun Xaydarova SHaxrizoda faxriy yorliq egasi bo‘ldi. Ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

- - -