So'nggi Yangiliklar

Namangan viloyatida tashkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati

2384 Ko'rilgan So'nggi Yangiliklar

Namangan viloyatida tashkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati

 

 

Namangan viloyatida tashkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar

markazi faoliyatini monitoring qilish usullari”

mavzusidagi o‘quv - amaliy seminari to‘g‘risida

MA’LUMOT

 

      Xalq ta’limi vazirligining “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagog xodimlari va umumta’lim maktablari to‘garak rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha 2017 yilgi o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish dasturi hamda Markaz tomonidan 2017 yilda hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘quv-seminarlar tashkil etish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 may kuni Namangan viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazida “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatini monitoring qilish” mavzusida o‘quv - amaliy seminari tashkil etildi. Mazkur o‘quv-amaliy seminarda Namangan viloyatidagi barcha “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, uslubchilar, monitoring bo‘yicha mutaxassislari hamda badiiy ijodiyot yo‘nalishidagi to‘garak rahbarlari jalb qilindi.        Ushbu seminarda jami 52 nafar soha xodimlari ishtirok etdi.

     Ushbu seminarni Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Soxibjon Ergashev ochib berdi. Namangan viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori Xayotxon Mamatova Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Barkamol avlod” bolalar markazlarining monitoring tahlili va hozirgi kundagi faoliyati to‘g‘risida axborot berdi.

      Shundan so‘ng markazda faoliyat yuritayotgan to‘garak  a’zolari tomonidan tayyorlangan kuy, qo‘shiq va raqslari  barcha yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Tadbirdan so‘ng yo‘nalishlar bo‘yicha “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyatini monitoring qilish usullari” mavzusida o‘quv tashkil etildi.                                                     

      Seminarda “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi  “O‘quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi” uslubchisi D.Murodov umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etish tartibi haqida ma’lumot berdi.                        

      “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi uslubchisi N.Uzoqov “Barkamol avlod” bolalar markazlarini monitoring qilish usullari haqida ma’ruza qildi.

      Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib  tizimdagi yangiliklar haqida ma’lumotlar oldilar.

  Yuklab olish